Legal

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 27.07.2026

1. Qanday ma’lumot to‘playmiz

Ro‘yxatdan o‘tishda ism, email va parol (shifrlangan holda) saqlanadi. Platformadan foydalanish davomida yaratgan loyihalar, promptlar va generatsiya qilingan videolar hisobingizga bog‘liq holda saqlanadi.

2. Ma’lumotdan qanday foydalanamiz

  • Xizmatni ko‘rsatish va hisobingizni boshqarish uchun.
  • AI orqali video, ovoz va ssenariy generatsiya qilish uchun.
  • YouTube kanalingizga video joylash uchun (agar ulangan bo‘lsa).
  • To‘lov va obuna holatini kuzatish uchun.

3. YouTube integratsiyasi

YouTube kanalingizni ulaganingizda, faqat video yuklash uchun zarur bo‘lgan ruxsatlar so‘raladi. Kanal access/refresh tokenlari xavfsiz saqlanadi va faqat sizning nomingizdan video publish qilish uchun ishlatiladi.

4. Ma’lumotni uchinchi tomonlarga berish

Ma’lumotlaringiz reklama maqsadida sotilmaydi. Video generatsiyasi uchun ishlatiladigan AI provayderlarga faqat xizmatni bajarish uchun zarur bo‘lgan minimal ma’lumot yuboriladi.

5. Ma’lumotni o‘chirish

Hisobingizni o‘chirishni so‘rasangiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz va saqlangan videolaringiz tizimdan o‘chiriladi. So‘rov uchun support@insaf.uz manziliga murojaat qiling.

6. Bog‘lanish

Maxfiylik siyosatiga oid savollar bo‘yicha Contact sahifasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.